Back to Blog
August 16, 2026
Sotish nima o'zi ?
Hozir hamma joyda eshityapman sotuvchi bo‘ling sotish san’atini o‘rganing, o‘zingizni xizmatingizni sotishni biling deb.
Bu albatta yaxshi ko‘nikmalar lekin shularni unutmang!
Odamlarni aldab pulini olishga harakat qilmang.
Men yaxshi sota olaman deb xohlamagan sodda odamlarga o‘z narsangizni o‘tkazishga urinmang.
Sotayotgan xizmatingiz yoki narsangizga haqqoniy narx qo‘ying men qimmat sotaman deb kambag‘al odamlarni qiynab qo‘ymang.
Sotish mening nazdimda odamlarni muammosiga yechim berish ularga yana qo‘shimcha momo yaratish emas.
Mayli kamroq soting, mayli qimmat sotmang lekin barakasini bersin.