IT da birinchi pulimni qanday ishlab topganman?
2023 yil Iyun oyi edi Universitetda 2-kursni tugatayotgan edim va Qarshi shahridagi Open Web Academyda Frontend kursini tugatgan edim.
Shu vaqtda o‘zimga jamoa tuzgan edim ExellenceTeam nomli zo‘r-a kursni yangi tugatgan bolani jamoa tuzishi
Keyin shu vaqtda har-xil freelance saytlardan loyiha olmoqchi bo‘ldim keyin Teamwork degan saytni topib oldi
U yerdagi ishlarga topshira boshladim va bitta odam ish oldim va uni $400 ga kelishdik
Men Frontendchiman backendchi yig‘gan jamoatimdan bitta tajribali backendchi topdim va u bilan $200 dan bo‘lishadigan bo‘ldik va ishni boshladik
1 haftacha loyiha ustida ishlab UI/Veristka ya’ni ko‘rinishini tugatdim backednchi ham backendni yozib tugatdi endi backed bilan ulashga kelgan edi
Men hali kursni yangi tugatganman backend bilan ishlamagan edim API degan narsalarni ulashni bilmas edim real loyiha men o‘ylaganchalik oson emas ekan
Keyin backednchi bilan maslahatlashib tajribali frontendchi topdik va u bizni qolgan ishimizni tugatib berdi shu bilan ishni yakunladik
Shu $400 dan menga 750 ming so‘m teggan edi lekin shunga ham xursand bo‘lgan edim shu meni IT dagi birinchi ishlagan pulim edi deb ayta olaman.
Siz ham yozib qoldiring-chi qanday qiziqroq hikoyangiz bor :)
@shohruzblog